XURMO YouTube kanali oʻzbek zabon auditoriya uchun xorijiy YouTube kontentini rasmiy tarjimasi va dublyaji bilan shugʻullanadi. Bu ijtimoiy, notijoriy loyiha boʻlib, bizning vazifamiz YouTubeʼda oʻzbekcha maʼlumot beruvchi kontentni tarqatish orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshishdir.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:
+998 93 120 22 11
+998 90 127 22 11

Telegram: @Xurmocommercial
Pochta: xurmogroup@gmail.com


XURMO

https://youtu.be/hukuGcMfiBs?si=sHB8h...
Hurmatli do‘stlar! 🌿
O‘simliklar haqidagi sonimiz 100 000 dan ortiq ko‘rishlar sonini to‘pladi!
Bizni kuzatib borayotganingiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun chin qalbimizdan tashakkur! Ushbu ko‘rsatkich shunchaki raqam emas — bu sizning tabiatga, bilimga va o‘rganishga bo‘lgan yuksak qiziqishingiz mahsulidir.

Aynan sizning izohlaringiz, "like"laringiz va ushbu videoni do‘stlaringiz bilan ulashganingiz shunday natijaga erishishimizga sabab bo‘ldi. Har biringizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 🧡

Agar ushbu videoni hali tomosha qilmagan bo‘lsangiz, havolani bosing va tabiatning sirli dunyosiga sho‘ng‘ing!

2 days ago (edited) | [YT] | 414

XURMO

PREMYERA👉https://youtu.be/1gl2IqUMoKU?si=I6_th...

Voqelikdagi Afsonalar | Qadimgi Misr sirlari

Ra. Osiris. Set. Anubis. Gor. Isida.
Ming yillar oldin ularga sig’inishgan. Ulardan qo’rqishgan. Ularning ismlari piramidalar devorlariga o’yib yozilgan.
Bugungi sonimizda ularga alohida to‘xtalamiz.

6 days ago | [YT] | 125

XURMO

👉https://youtu.be/hukuGcMfiBs?si=-PNf0...
Oldingi sonimizda g’aroyib xususiyatlarga ega o’simliklar haqida gaplashdik.

Endi navbat sizga. Siz yana qanday ajoyib o’simliklarni bilasiz?
Izohlarda yozib qoldiring.

1 week ago | [YT] | 89

XURMO

Kechagi savolimizning javobi: biz miyamizning deyarli 100% ini ishlatamiz, faqat hamma qismini bir vaqtda emas.

🔸 Miya skanerlari (fMRT) ko’rsatadiki, bir kun davomida miyaning barcha sohalari faol bo’ladi. Hatto uyquda ham miya “o’chmaydi”.

🔸 Miya tana vaznining atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin energiyamizning 20% ga yaqinini sarflaydi. 90% i bekor yotganida, tabiat bunday “qimmat” a’zoni saqlab qolmasdi.

🔸 Miyaning “keraksiz” joyi yo’q: istalgan qismi shikastlansa, nutq, xotira, harakat yoki ko’rish buziladi.

Siz to’g’ri topganmidingiz? Izohda yozing 👇

1 week ago | [YT] | 131

XURMO

🧠 Rost yoki yolg’on?

“Inson miyasining atigi 10% ini ishlatadi, qolgan 90% i bekor yotadi.”

Buni hammamiz eshitganmiz. Lekin bu haqiqatmi? Ovoz bering 👇
Javobni ertaga e’lon qilamiz!

1 week ago | [YT] | 57

XURMO

👉https://youtu.be/hukuGcMfiBs
SIZ O‘SIMLIKLAR HAQIDA HECH NARSA BILMAYSIZ

🌱O‘simliklar bu sayyoraning xo‘jayinlaridir. Ammo ko‘pchilik ular haqida deyarli hech narsa bilmaydi. O‘simliklar bizga ojiz, ahmoq va hissiz bo‘lib tuyuladi. Lekin unday emas! Bu mavjudotlar haqida ko‘plab afsonalar to‘plangan va yangi sonda biz ularni nihoyat tahlil qilamiz. Siz nima uchun har bir o‘simlik bir vaqtning o‘zida uchta organizm ekanligini, nima uchun o‘simliklar yirtqichga aylanishini, uzilgan gul og‘riqni qanday his qilishini, daraxtning yuragi nima ekanligini, o‘rmonlar ob-havoni qanday boshqarishini va biz nafas oladigan kislorod aslida qayerdan olinishini bilib olasiz.

1 week ago | [YT] | 244

XURMO

👉https://youtu.be/pdgabGGW92k?si=5-Usa...
Hurmatli do‘stlar!
Tillar haqidagi sonimiz 100 000 dan ortiq ko‘rishlar sonini to‘pladi!
Bizni kuzatib borayotganingiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur! Ushbu ko‘rsatkich shunchaki raqam emas, bu sizning bilimga, o‘rganishga va rivojlanishga bo‘lgan yuksak qiziqishingiz mahsulidir. Aynan sizning izohingiz, "like"ingiz va do‘stlaringiz bilan ulashganingiz ushbu natijaga erishishimizga sabab bo‘ldi. Har biringizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 🧡 Aytgancha, agar siz bu sonimizni ko‘rmagan bo‘lsangiz, marhamat, miriqib tomosha qiling!

2 weeks ago | [YT] | 320

XURMO

Salom salom XURMO loyihasining ashaddiy muxlislari! Xo‘sh, tan olish vaqti keldi. Loyihamizdagi qaysi turkum videolari sizga ko‘proq yoqadi. Javobingiz biz uchun juda muhim.

2 weeks ago | [YT] | 128

XURMO

👉 https://youtu.be/i8gRCiKuf0k

Qurultoy loyihasining navbatdagi soni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga bag‘ishlanibdi. Tasavvur qiling, XI asr, Koshg‘ariy turkiy xalqlar diyorida, turli qabilalar orasida kezib, turkiylar qanday so‘zlashayotganini eshitadi, ularning so‘zlarini yozib oladi va talaffuzini taqqoslaydi. Turli qabilalarning nutqidagi kichik farqlarni ham payqaydi. Lekin eng qizig‘i, Koshg‘ariy so‘zlar bilan birga o‘z davrining butun bir olamini saqlab qolgan. Kitobda qo‘shiqlar, she’rlar, rivoyatlar, turkiylarning ovchilik, hunarmandchilik, taomlari, kiyimlari va urf-odatlari haqidagi hikoyalar mavjud. Mazkur podkast esa sizga “Devonu lug‘otit turk” asari nima uchun turkiy dunyoning, ilm-fanning, xususan, tilshunoslik va elshunoslikning eng muhim manbasi ekanligini chuqurroq anglashga yordam beradi.

1 month ago | [YT] | 91

XURMO

👉 https://youtu.be/zY12CWHqRpY
O‘zbek xalqining eng ulug‘ va qadimiy dostoni — “Alpomish”. Bu doston nafaqat syujeti, balki zamiridagi chuqur ma’nolari bilan ham asrlar davomida olimlarni qiziqtirib kelgan. Dostondagi shajara, raqamlar, timsollar zamirida nihoyatda ko‘p va xo‘p ma’no yashiringan. Xo‘sh, nega Alpomishni o‘q botmaydi, qilich o‘tmaydi? Nega uning oilasidagi har ikkinchi avlodda bir haqiqiy alp tug‘iladi va bu doston, aslida, nima haqida? Ana shu savollarga javob topish uchun QURULTOY PODCAST'ning “Alpomish” dostoniga bag‘ishlashga sonini tomosha qiling. Mehmonlar — folklorshunos olimlar Shomirza Turdimov hamda Farrux Jabborbek.

2 months ago | [YT] | 120