On this page, you will find the most beneficial Islamic audio talks — carefully edited, enhanced, and presented in a unique format that differs from the original material. All lectures and scholarly discussions used on this page are not our property; therefore, we always provide the source in all our videos.

May our Lord make our efforts blessed, beneficial, and full of goodness for both you and us.
Huzur Voice — is dedicated to delivering what is meaningful and truly needed in your life.

Huzur — “we heard and we obeyed.”**


Huzur

Biz -- bu men anchadan beri ochishni rejalab yurgan va yaqinda g'oyasi dunyoga kelgan sahifam. Anchadan beri ikkinchi sahifa ochishni yana yangi uslub bilan mana shu islomiy yo'nalishda kanal qilishni o'ylab, niyat qilib yurgandim. Boshqa kanallardek bir xil uslubni ushlab olib, haa soqqani bosamiz faqat bosish kerak deb emas. Ikkinchi kanal qilay lekin mehnat qilarli bo'lsin bu kanalim andozasi unda ishlamasin.

Abdulloh domla yoki umuman ma'ruzalar ko'riladimi? Yo'q, eshitiladi. Bu kanalda esa siz ko'rasiz va mazmunni kichik harakatlar bilan bo'lsada ochib beriladi.

Biz - nega biz degan nom? Bizga odatda biz qildik yoki ba'zi narsalarni aytayotganimizda biz so'zidan ko'ra men so'zini ishlatish ko'proq g'ururlantirib yuborar ekan. Shuning uchun ham men emas balki Biz deb nomladim. Kanal nomini nega bundayligini yanada aniqroq tushunish uchun bu HUZUR kanalidagi oxirgi qo'ygan videoim Tayyorgarlik nomli videoning 1:06:30 soniyasidan eshitsangiz shu haqda domla qisqa gapirib o'tganlar.

Endi birinchi videoni yukladik bu kanalga. Har kuni video qo'yishga kafolat berolmayman chunki judayam ko'p vaqt oldi. Va yana bir gap Huzur kanalining o'zini yo'nalishi bor ya'ni domlaning ma'ruzalarini relaxing formatda yetkazaman ya'ni siz bilgan shamol, yomg'ir, o'choq ovozi, xona atmosferasi kabi muhitni qo'shgan holda yetkazaman va menga bu yoqadi.

Robbimiz avvalo eshitayotganlarimizga tavfiq bersin avvalo o'zimizga va barchamizga.

1 day ago | [YT] | 14

Huzur

Yangi sahifa

1 day ago | [YT] | 4

Huzur

.

2 days ago | [YT] | 0

Huzur

Pastdagi postimizdagi mavzudan kelib chiqib men shaxsan tan olgan va hurmat qiladigan ikkita kanalni sizlarga aytmoqchiman. Albatta birinchi o'rinda rasmiy kanal bu ‪@IlmnuriOfficial‬ sahifasi. Bu kanal rasmiyligidan kelib chiqib bizga faqat eng yangilarini va sof, domlaning ma'ruzalarini o'z vaqtida yetkazadigan Abdulloh domlani ma'ruzalarini qo'yadiganlarni asosiy ba'zasi desam ham bo'ladi. 2-o'rinda esa Islomiy ilm kanali. Postda keyingi rasmda skrenshotini qo'yib qo'yaman belgilay olmadim.

Bu kanal ochilganidan beri bu inson bilan yelkadosh bo'lganmiz. Bu kanal tiniq sifatdagi videolar qo'ymaydi lekin siz eshitishni xohlagan eng ta'sirli joylaridan kesib qo'yadi. Bizni kanalimizga o'xshab fonsiz variantda qo'ymaydi fon musiqalar bilan qo'yadi ammo rosa kerakli paytda chiqib qoldida deysizku aynan shunaqa joyini topib qo'yadigan boshqalardan andoza olmasdan o'zini yo'lidan ketayotgan kanal. Kanal juda faol emas chunki egasining o'zining ishi bor va bu kanaldan hozirgacha 1 tiyn ham manfaat olmagan. Bu uchun harakat qildi ko'p marotaba ammo nasib emas ekan. Ammo tayyorlagan videolari millionlab tomoshalar yig'di, shaxsan o'zim ham orada eshitib qolaman va hayron qolaman qaysi audiodan oldilar ekan men topolmayapman deyman. Qaysi kanal bo'lishidan qat'iy nazar, mehnat qilishdan to'xtamaylik ammo shu arzimas ishimiz orqasidan boshqalar manfaat olsin.

Ma'ruza chiqaraman odamlar manfaat oladi menga savob keladi yo'q, men qo'shilmayman. Siz, shu narsaga sababchi qilib qo'yganiga shukr qiling. Siz tayyor narsani shunchaki qayta ishlab beryapsiz bu faxrlanadigan ishmas. Shunchaki shu ishni sifatli yanayam yaxshi holatda yetkazib bering va mana shunda meni nazarimda bir manfaatli narsani kengroq tarqalishiga kichkina hissa qo'shgan bo'lamiz xolos. Vaqt ajratib o'qiganingiz uchun rahmat!

4 days ago | [YT] | 16

Huzur

Abdulloh domla va shu kabi diniy sahifalarni ko'p kuzatib turaman va albatta yuzaki. Kanallarda e'tibor beradiganim albatta montaj, video uslubi, ichiga joylashtirilgan so'zlar.

Mana shunday sahifalardagi videolarda layk bosing va payg'ambarimizdan hadislar keltirib insonlarni diniy his tug'ularidan o'z manfaati yo'lida foydalanishi meni qattiq jahlimni chiqaradi.

Men hech qachon o'zimni oppoqman deya olmayman. Kezi kelganda biz ham shular kabi bo'lganmiz ammo biz endi boshlagan paytlarimiz andoza oladigan sifatli kanallar bo'lmagan ammo hozir topiladiku. Sahifangizni kuzatayotgan kuzatuvchiga layk bosing, obuna bo'ling demasangiz ham kontentingiz qanchalik foydali bo'lsa o'zi biladi nima qilishni. Men ham qaysidir videoimda qo'ygan bo'lsam kerak ammo bilaman va bu ish naqadar ahmoqona va xato ekanligini.

Biz ham manfaatdorlardanmiz yani bu sahifamiz bizga daromad olib keladi lekin pul olib kelarkan deb kanalni siyqasini chiqarib yuborayotganim yo'q. Buni kanalni muntazam kuzatadiganlar juda yaxshi biladi. Men ham boshqalarni kanalidek tayyorlagan videolarim ko'plab ko'rishlar olishini istayman lekin u kanallardek ishlay olmayman balkim shu uchundir balkim hikmati. Lekin asosi deb ayta olamanki, boshqa kanallardek ishlay olmayman chunki tanam yo'l qo'ymaydi.

Bu kanalda o'zim istagandek sifatli kontentni tayyorlasamgina shu kanal kuzatuvchilariga yetkaza olaman. Kuzatayotgan va shu xabarimni o'qiyotgan kuzatuvchim akam-ukam, singlim, onam. Sizga kanalga obuna bo'ling va har bir videoga layk bosing bu menga mativatsiya beradi degan ko'ngilni behuzur qiluvchi bachkana gap aytmayman zero, kontentni iste'mol qiluvchi nima qilishni o'zi hal qiladi bosadimi yo'qmi bu foydalanuvchini ixtiyoridagi narsa va yana bir gap, havaskorlarga ham shu maslahatni beraman.

4 days ago | [YT] | 19

Huzur

To'g'ri sahifamdagi tayyorlangan videolar siz ko'rgan Abdulloh domlaning audiolarini qo'yadigan havaskor kanallar kabi yuz minglab tomosha qilinmaydi. Ammo haqiqiy mehnatni qadriga yetadigan va buni doim e'tirof qiladiganlar bu kanalda jamlangan.

Boshqalardek har kuni ketma-ket videolar chiqara olmayman. Aksar hollarda ba'zi videolarni judayam tez tayyorlayman ba'zida esa bunga 3-4 soatlab vaqtim ketadi.

Bu yozayotganlarimni ham katta ehtimol bilan faqatgina shu kanalni kuzatadiganlargina o'qiydi. Men bilan emas balki shu kanalda bizni harakatlarimizni kuzatuvchisi bo'lganingiz uchun rahmat deyman chunki jamlanishning sababi faqatgina biz bilgan va deyarli hammamizga ustoz bo'lishga ulgurgan Abdulloh domladir. Robbimiz u kishi bilan bizni ham jannatlarida birga jamlanishligimizni nasib aylasin.

1 month ago | [YT] | 70

Huzur

Abdulloh domladan ko'p soatlik suhbatlar jamlanmasi siz uchun qulaymi yoki me'yordagi 1 soatlik?

9 months ago | [YT] | 36